Mourino Moratani jamosida ko'rishni xohlaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 39
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino jamoasini "Real"da birga ishlagan "Atletiko" hujumchisi Alvaro Morata bilan kuchaytirmoqchi.
Shu bilan birga, manbaning xabar berishicha, Mourinoni tanlaganiga qaramay, "Roma" rahbariyati boshqa hujumchini ko'rishni afzal ko'rmoqda. "Jialorossi" boshliqlari Janluka Skamakkani Londonning “Vest Xem” klubidan olmoqchi, biroq italiyalikning transferi murakkab ko'rinadi, chunki “bolg'achilar” 30 million evro so'ramoqda va o'z futbolchisini ijaraga qo'yib yuborish niyatida emas.
Eslatib o'tamiz, Morata avvalroq Turinning "Yuventus" jamoasi tarkibida A Seriyada o'ynagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!