Alvares "Ayaks"ni tark etib, London klubiga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 47
"Vest Xem" "Ayaks" bilan bog'lanib, yarim himoyachi Edson Alvaresga qiziqish bildirgan.
Qayd etilishicha, London klubi hozircha Alvares borasida rasmiy taklif yubormagan. "Ayaks" 25 yoshli meksikalik uchun taxminan 35-40 million evro talab qilishi kutilmoqda.
"Vest Xem" uchun o'rta chiziqdagi futbolchini qo'lga kiritish muhim, chunki Deklan Rays "Arsenal"ga o'tish arafasida.
Meksikalik futbolchi “Ayaks” safida 147 ta o'yin o'tkazib, 13 ta gol urgan va 6 ta golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!