Tadich "Ayaks" direktori bilan uchrashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31
"Ayaks" sardori Dushan Tadich jamoaning payshanba kungi mashg'ulotlarini o'tkazib yubordi. De Telegraaf xabariga ko'ra, 34 yoshli serb klub futbol direktori Sven Mislintat bilan uchrashgan. Tadich "Ayaks"ning hozirgi tarkibidan norozi va klub tezroq sifatli o'yinchilarni sotib olishni istamoqda.
"Ayaks" Niderlandiyaning so'nggi chempionatini faqat uchinchi o'rinda yakunlagandi. Jamoa Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kirita olmadi.
Umuman olganda, Dushan Tadich "Ayaks" tarkibida 241 ta o'yin o'tkazgan. Ularda hujumchi 105 ta gol urgan va sheriklariga 112 ta golli uzatma bergan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!