Brennan Jonson "Aston Villa"ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35
"Nottingem Forest" hujumchisi Brennan Jonson Konferentsiyalar ligasida o'ynashi mumkin.
Jurnalist Kreyg Xoupning yozishicha, “Aston Villa” hujumchini sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda, “o'rmonchilar” futbolchisining o'zi esa “Villa Park”ga o'tishga qiziqmoqda. Xabarlarga ko'ra, Nottingem moliyaviy feyr-pley muammolari tufayli futbolchini shu yozda sotishga tayyor.
Brennan Jonson o'tgan mavsumda APLning barcha 38 uchrashuvida maydonga tushib, 8 ta gol va 3 ta golga assistentlik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!