"Al-Hilol" "Zenit" bilan bog'landi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 50
Braziliyalik jurnalist Raisa Simplichioning xabar berishicha, Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi hujumchi Malkomning transferi borasida "Zenit" bilan bog'langan.
Manbaga ko'ra, "Zenit" Saudiya klubidan 26 yoshli hujumchi uchun 50 million evro talab qilgan. "Al-Hilol" hozirda "ko'k-oqlar"ning so'rovlarini baholamoqda va muzokaraga kirishish bo'yicha qaror qabul qilishga tayyorlanmoqda.
Malkom "Zenit"da 2019 yildan beri o'ynab kelmoqda. O'tgan mavsumda braziliyalik RPLning eng yaxshi to'purari bo'ldi.
Malkomning jamoa bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali uning narxini 30 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!