Mbappe Neymar transferi borasida nimalar dedi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 982
Kuni kecha Frantsiyaning «L'E quipe» nashri Killian Mbappe bilan intervyuni e'lon qildi. Yosh iqtidor egasi tomonidan berilgan intervyu mutaxassis va muxlislarda katta qiziqish uyg'otgani bois uni saytimiz uchun tarjima qildik.
Neymar chinakam futbol afsungari. Uning to'p bilan maydonda harakatlanishidan zavqlanaman. Bundan tashqari unda ajoyib dribling ham mavjud. U men uchun katta akamdek yaqin va doimo undan nimadir o'rganishga harakat qilaman. Hozirda uning transferi borasidagi mish – mishlar ko'payib ketdi.
Afsuski, klub rahbarlari undan norozi ekanliklarini yashirib o'tirishmayapti. Uning jamoa mashg'ulotlariga kelmayotganini tushunish juda mushkul. Men Neymar bilan bu borada gaplashganimcha yo'q. Balki unda asosli sabablar bordir, yana kim biladi deysiz?!
Men futbol odamiman. Menga OAV tomonidan bildirilayotgan fikrlarning zarracha qizig'I yo'q. Nima bo'lgan taqdirda ham «PSJ» keyingi mavsumda Neymar bilan ham, u siz ham juda kuchli klub bo'lib qolaveradi. Bizda kuchli futbolchilardan tashkil topgan klub mavjud. «PSJ» Neymardan iborat emasligini unutmaslik lozim. Uning iqtidoriga jamoamizda hech kimda shubha yo'q, lekin boz ustiga, yangi mavsumda EChL g'olibligi uchun ham kurashamiz. Afsuski, bu musobaqada bizga omad etishmayapti. Nuqul arzimagan detallar tufayli eng kerakli pallalarda qoqilyapmiz.
Men professional futbolchi sifatida kundan – kunga o'sib boryapman. O'ylashimcha, yangi mavsumda ma'suliyatni o'z bo'ynimga olish qo'limdan keladi.
Shuni hech qachon unutmaslik lozim, almashtirib bo'lmas o'yinchilar bo'lmaydi va hech bir futbolchi butun boshli jamoasidan ustunroq turmaydi.