"Chelsi" himoyachisi bilan xayrlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 85
"Chelsi" ganalik himoyachi Abdul Baba PAOK bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Bu haqda London klubi matbuot xizmati xabar berdi.
“Abdulga o'z faoliyatida yangi bo'limni boshlashi uchun barcha yaxshiliklarni tilab qolamiz”, — deyiladi klub bayonotida.
“Aristokratlar” tomonlarning o'zaro kelishuviga ko'ra futbolchi bilan shartnomani bekor qilishdi. Shundan so'ng himoyachi PAOK taklifiga rozi bo'ldi.
Baba "Chelsi"da 2015 yilning avgustidan beri harakat qilayotgan edi. Umuman olganda, futbolchi 2015/2016 yilgi debyut mavsumida londonliklar safida bor yo'g'i 15 ta o'yin o'tkazgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!