"Ayaks" van der Sar haqida yana ma'lumot berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 33
Kuni kecha Edvin van der Sar Xorvatiyada dam olish vaqtida kasalxonaga tushib qolgani ma'lum bo'ldi. O'tmishda taniqli darvozabonning miyasiga qon quyilishi tashxisi qo'yilgandi. "Ayaks" van der Sarning ahvoli haqida yana ma'lumot berdi.
"Edvin van der Sar hozircha reanimatsiyada qolmoqda. Uning ahvoli barqaror, ammo baribir xavotirli”, - deyiladi “Ayaks” matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o'tamiz, bahor oxirida van der Sar "Ayaks" bosh direktori lavozimidan ketishini e'lon qilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!