Luis Enrike: "PSJ" o'z loyihasi uchun mukammal murabbiyni tanladi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 40
"PSJ"ning yangi bosh murabbiyi Luis Enrike Parij grandiga tayinlangani haqida fikr bildirdi.
"PSJ" o'z loyihasi uchun mukammal murabbiyni tanladi. Oldinda bizni transfer bozorida muvaffaqiyatlar ham, muvaffaqiyatsizliklar ham kutib turibdi. Men ko'p qarorlar qabul qilishim kerak. Ko'pchilik futbolchilarga "PSJ" kabi yirik klublarga moslashish qiyin", dedi Enrike.
Eslatib o'tamiz, parijliklar jamoasi boshqaruvida Enrike frantsiyalik Kristof Galteni almashtirgan edi. 53 yoshli murabbiy klub bilan ikki yillik mehnat shartnomasini imzoladi. Luisning avvalgi ish joyi Ispaniya terma jamoasi edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!