"Manchester Siti" Bernarduga narx belgiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 46
"Manchester Siti" joriy transfer oynasida yarim himoyachi Bernardu Silvani sotishga tayyor. Bu haqda insayder Ekrem Ko'nur ijtimoiy tarmoqlari orqali ma'lum qildi.
Jurnalistning xabar berishicha, ingliz giganti yulduz portugaliyalikni 85 million funtga baholamoqda, bu taxminan 99 million evro. Futbolchiga asosiy da'vogar Frantsiyaning “PSJ” klubi hisoblanadi. Bernarduda faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirish imkoniyati ham bor. Futbolchining o'zi Parijga ko'chib o'tishni afzal ko'rmoqda.
Silva o'tgan mavsumda 54 o'yinda 7 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "Siti" bilan shartnomasi 2025 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!