"Liverpul" Alkantarani sotishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 41
"Liverpul" yarimhimoyachi Tiago Alkantara bilan xayrlashishga tayyor. Daily Mail xabariga ko'ra, rahbariyat Saudiya Arabistoni tomonidan qiziqishlar tufayli 32 yoshli yarim himoyachini sotishga intilmoqda.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Alkantara ancha beqaror o'ynadi va bu uning "Enfild"da qolishini shubha ostiga qo'ygandi. Rahbariyat ispaniyalik futbolchini sotib, yoshroq futbolchi o'rniga sotib olishni o'ylamoqda.
Angliya Premer-ligasining so'nggi mavsumida Alkantara 18 ta o'yin o'tkazdi va u o'z hisobida birorta ham samarali harakat qayd etmadi. Ko'pchilik o'yinlarni ispaniyalik jarohat tufayli o'tkazib yubordi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!