"Manchester Yunayted" yaqin orada De Xea bilan muzokaralarni davom ettirishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 28
"Manchester Yunayted" darvozabon David de Xea bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni davom ettirmoqchi. Eslatib o'tamiz, ispaniyalik futbolchi 5 kundan beri erkin agent maqomida edi, chunki uning "qizil iblislar" bilan so'nggi kelishuvi o'z nihoyasiga etdi.
ManchesterEveningNews.com jurnalisti Tayron Marshallning yozishicha, yaqin vaqt ichida yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar davom ettiriladi. "Manchester Yunayted" De Xea maoshini sezilarli darajada kamaytirishni istamoqda.
Shu bilan birga, “qizil iblislar” De Xea shartnomani uzaytirgan taqdirda ham yangi darvozabon sotib olmoqchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!