O'zil imijini o'zgartirdi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 596
«Arsenal» yarim himoyachisi Mesut O'zil yangi mavsumga yangi qiyofa bilan tayyorgarlikni boshlashga qaror qildi. U sochini oq rangga bo'yadi.
«Arsenal» ushbu yozda germaniyalik futbolchini sotishni maqsad qilgandi. Londonliklar uni Turkiyaning 3 jamoasi — «Galatasaroy», «Fenerbaxche» va «Istanbul Bashakshehir»ga taklif qilishdi. Shu bilan birgalikda, "kanonirlar" 1-2 yil davomida futbolchi maoshining ma'lum qismini to'lab berishga ham tayyor edi.
O'zil 2013 yilda «Real»dan «Arsenal»ga 47 million evro evaziga o'tgan edi. O'tgan mavsumda u londonliklar safida barcha musobaqalar doirasida 35ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol urdi va 3ta golga uzatma berdi. Yarim himoya bilan tuzilgan shartnoma 2021 yilda yakuniga etadi.