"Arsenal"da zaxira varianti sifatida Fofana bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 51
Daily Mail xabariga ko'ra, "Arsenal" "Monako" yarim himoyachisi Yusuf Fofanaga qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko'ra, "Vest Xem" yarim himoyachisi Deklan Rays London klubining ustuvor maqsadi bo'lib qolmoqda. Ammo, agar 24 yoshli angliyalikning "kanonirlar"ga o'tishi amalga oshmasa, "Arsenal" Transfermarkt tomonidan hozirda 25 million evroga baholangan Fofanani o'z safiga qo'shib olishga harakat qiladi.
24 yoshli Fofana o'tgan mavsumda "Monako" safida 37 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!