Ispan klubi Konferentsiyalar ligasidan chetlatilishi borasida appelyatsiya beradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 46
Ispaniya jamoasi kelasi mavsumda Konferentsiya ligasida o'ynamasligi mumkin.
Eslatib o'tamiz, UEFA inspektorlari 2013/14 yilgi mavsumdagi kelishilgan o'yinlar tufayli "Osasuna"ni Konferentsiyalar ligasidan chetlatishni tavsiya qilgandi. Bu boradagi qaror 1 iyul kuni qabul qilinadi.
Agar UEFA Etika va intizom qo'mitasi "qizillar"ni diskvalifikatsiya qilish to'g'risida qaror qabul qilsa, klub CASga murojaat qilishi mumkin bo'ladi. Agar Sport arbitraj sudi 7 avgustga qadar "Osasuna" foydasiga qaror chiqarsa, klub evrokuboklar turnirida ishtirok etishi mumkin bo'ladi. Agar shu sanagacha qaror qabul qilinmasa, "Osasuna" Konferentsiyalar ligasini o'tkazib yuboradi.
Agar CAS 7 avgustga qadar Pamplona klubini chetlatish qarorini qo'llab-quvvatlasa, u holda "Atletik" Ispaniya sharafini Konferentsiyalar ligasida himoya qiladi.