"Arsenal" Gyundogan uchun oxirigacha kurashgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 56
Londonning “Arsenal” jamoasi “Manchester Siti”dan yana bir futbolchini taklif qilmoqchi bo'ldi. Jurnalist Fabritsio Romano xabariga ko'ra, "kanonirlar" kecha "Barselona"ga o'tishini rasman yakunlagan yarim himoyachi Ilkay Gyundoganni o'z saflarida ko'rishni xohlashgan.
Manbaning ta'kidlashicha, "Arsenal" Gyundoganni o'z loyihasi uchun juda muhim futbolchi sifatida ko'rgan, ammo futbolchining o'zi "Barselona"da o'ynashni orzu qilgan, shuning uchun u Mikel Arteta jamoasidan bosh tortgan.
Eslatib o'tamiz, Gyundogan erkin agent sifatida yangi jamoaga o'tdi, chunki uning "Manchester Siti" bilan shartnomasi yakuniga etdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!