Davron Fayziev Shavkat Mirziyoev tomonidan taqdirlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 83
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Farmoni bilan O'FA Marketing va media bo'limi boshlig'i Davron Fayziev “Sog'lom turmush” medali bilan taqdirlandi.
“Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Farmoni e'lon qilindi.
Unga ko'ra, mamlakatimizda demokratik tamoyillar, so'z va matbuot erkinligini rivojlantirish, xalqimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta'minlash, aholiga xolis va haqqoniy axborot etkazish, jamiyat va davlat idoralari o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash ishlariga qo'shgan munosib hissasi, yurtimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, yangilanish va innovatsiya jarayonlarini keng yoritish, yosh avlodni ona Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi ko'p yillik samarali mehnati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh OAV vakillari mukofotlandi.
Saytimiz nomidan O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi bo'lim boshlig'i, mahoratli jurnalist, xalqimiz orasida hurmat va e'tibor qozongan sharhlovchi Davron Fayziev “Sog'lom turmush” medaliga sazovor bo'lgani munosabati bilan futbol jamoatchiligi nomidan tabriklaymiz!