"Napoli" Amin Yunesga yangi shartnoma taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 454
"Napoli" jamoa yarim himoyachisi Amin Yunes bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni boshladi, deya xabar beradi jurnalist Janluka Di Martsio.
"Napoli" germaniyalik futbolchini jamoada saqlab qolishni istamoqda.
Bugun tongda 25 yoshli futbolchining vakillari klub ofisiga kelib, klub mutassadilari bilan muzokaralar olib bordilar.
Ma'lumot o'rnida Yunes "Napoli"ga o'tgan yozda "Ayaks"dan erkin agent maqomida ko'chib o'tgan edi.
O'tgan mavsumda yarim himoyachi "Napoli" tarkibida 16 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol va 3 ta gollik uzatma amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!