Manchini payshanba kuni "Roma" futbolchisiga aylanadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 541
18-iyul, payshanba kuni Djanluka Manchini Rimda tibbiy ko'rikdan o'tadi va ijobiy natija ko'rsatgan holda, "Roma" futbolchisi deb e'lon qilinadi.
Sky Sport Italia ma'lumotiga ko'ra, "Roma" uni bir yil davomida qayta sotib olish majburiyati bilan ijaraga oladi. Ushbu ijara haqi 2 mln evroga tushadi.
Gazzetta dello Sportga ko'ra, Djanluka "Roma" bilan 5 yil muddatga shartnoma imzolaydi va yiliga 2 mln evro maosh oladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!