Arteta Xavertsning imkoniyatlarini yuqori baholadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 46
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "kanonirlar"ning yangi futbolchisi Kay Xavertsning o'yini va mahoratini yuqori baholadi.
"Iste'dodning o'z bahosi bor va "Arsenal"da biz doimo tajribali yoshlarga qiziqamiz. Takror aytaman, men boshqa klublarning o'yinchilari haqida gapirmayapman, lekin Kay misolida u allaqachon ko'p narsa ko'rsatgan, jumladan Chempionlar ligasida. U iqtidorli o'yinchi, ko'p qirrali", - dedi ispaniyalik mutaxassis, uning so'zlarini Marca keltirmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Chelsi" futbolchisi Kay Xaverts yaqin vaqt ichida "Arsenal"ga o'tishi kerak. Klublar 55 million evrolik shartnoma borasida kelishib olishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!