Grey Saudiyaga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37
"Everton" yarim himoyachisi Demaray Grey Angliya premer-ligasini Saudiya Arabistoni chempionatiga o'zgartirishi mumkin.
Sky Sports xabariga ko'ra, 26 yoshli vinger xizmatlariga "Al-Hilol" qiziqmoqda.
Saudiya klubi vakillari tez orada Tumanli Albionga uchib, “ko'klar” bilan muzokara o'tkazishadi. 26 yoshli yamaykalik futbolchining transfer narxi 20 million evroga baholanmoqda.
Grey va "Everton" o'rtasidagi mehnat shartnomasi muddati 2024 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi.
Grey o'tgan mavsumda APLda 33 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!