Arteta: "Xaverts – ko'p qirrali futbolchi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "kanonirlar"ning yangi futbolchisi Kay Xavertsning o'yini va mahoratini yuqori baholadi.
"Har bir iste'dodning o'z bahosi bor va "Arsenal"da biz doimo tajribali yoshlarga qiziqamiz. Takror aytaman, men boshqa klublarning o'yinchilari haqida gapirmayapman, lekin Kay allaqachon ko'p narsa ko'rsatgan, jumladan Chempionlar ligasida ham. U iqtidorli o'yinchi, ko'p qirrali futbolchidir", - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, "Chelsi" futbolchisi Kay Xaverts yaqin vaqt ichida "Arsenal"ga o'tishi kerak. Klublar 55 million evrolik kelishuvga erishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!