"Everton" yarim himoyachisi jamoadan ketmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 42
"Everton" futbolchisi jamoani tark etmoqda. Xabarlarga ko'ra, mersisaydliklar tarbiyalanuvchisi Tom Devis tez orada jamoani erkin agent sifatida tark etadi. 24 yoshli yarim himoyachi yangi bitimga imzo chekishdan bosh tortgan.
Devis "Everton" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 11 yoshidan beri shu klub safida edi. Futbolchi jami 179 o'yinda maydonga tushib, 7 ta golga mualliflik qilgan.
Manba: bbc.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!