"Barselona" "Jirona" yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 60
"Jirona" yarim himoyachisi Oriol Romeu "Barselona"ga qaytishi mumkin.
Ispaniyalik futbolchi 2004 yildan 2011 yilgacha "ko'k-anorranglilar" akademiyasida o'ynagan, shundan so'ng u Londonning "Chelsi" klubiga sotilgan. Catalunya Radio xabariga ko'ra, Romeu shu yozda "Barselona"ga qaytishi mumkin. Kataloniya grandi bosh murabbiyi Xavi Ernandes 31 yoshli yarim himoyachini ketgan Serxio Busketsning o'rniga muqobil deb hisoblamoqda. "Bavariya"dan Joshua Kimmix va "Real Sosedad"dan Martin Subimendi himoyachi yarim himoya pozitsiyasi uchun eng yaxshi variant bo'lib qolmoqda.
Transfermarkt ekspertlari Oriol Romeuning transfer narxini 5 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!