Budapesht Gran-prisining so'nggi kunida tatamiga chiqadigan dzyudochilarimiz bilan tanishing
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 553
Bugun Vengriyaning Budapesht shahrida dzyudo bo'yicha Gran-pri musobaqasi yakuniga etadi. Reglamentga ko'ra, ushbu kun doirasida og'ir vazn toifalarida bellashuvlar bo'lib o'tadi. Ushbu kun dasturida ham 5 nafar vakilimiz g'oliblik uchun bahs olib borishadi. Dzyudochilarimizning dastlabki raqiblari bilan tanishing:
-90 kg: Davlat Bobonov – Kedyau Nxabali (Ukraina)
-90 kg: Yahyo Imomov – Beka Gviniashvili (Gruziya)
-100 kg: Sherali Jo'raev – Anton Savitskiy (Ukraina)
-100 kg: Muhammadkarim Xurramov – Matey Xayas (Slovakiya)
+100 kg: Bekmurod Oltiboev – Liam Park (Avstraliya)
Eslatib o'tamiz, ayni paytda terma jamoamiz hisobida Shahram Ahadov (-66 kg) va Hikmatilloh To'raev (-73 kg) qo'lga kiritgan 2 ta bronza medali mavjud.