“Real” Benzema o'rniga uning hamyurtini taklif qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 391

Madridning “Real” klubi 35 yoshli Karim Benzema o'rniga yangi markaziy hujumchi sotib olmoqchi.
Todofichajes jurnalistlarining yozishicha, "qaymoqranglilar" Benzema o'rniga uning hamyurti Randal Kolo-Muanini jamoaga taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Frankfurtning “Ayntraxt” klubi Randal hozir o'ynayotgan jamoa hisoblanadi. Tomonlar o'rtasidagi shartnoma 2027 yilgacha mo'ljallangan. Frantsiyalik futbolchining narxi 65 million evroni tashkil qiladi.
Hujumchi o'tgan mavsumda Bundesligada 32 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!