"Chelsi" yulduzini "Real"ga qo'yib yuborishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 335

Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "Chelsi" yarim himoyachi Kay Xavertsni "Real"ga sotishga tayyor.
Manbaga ko'ra, londonliklar rahbariyati 23 yoshli germaniyalik futbolchi bilan "Real Madrid" etarlicha yirik taklif yuborsa xayrlashishga tayyor. Oldinroq Xaverts madridliklarning yozgi transfer oynasi uchun qisqa ro'yxatiga kiritilgani haqida xabar berilgandi.
Kay o'tgan mavsumda "Chelsi" safida 47 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt uni 60 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!