Gyundoganning transferiga kim bosh-qosh bo'lgani ma'lum!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 152

Yarim himoyachi Ilkay Gyundogan yozgi transfer oynasida "Manchester Siti"ni "Barselona"ga almashtiradi.
Sport xabariga ko'ra, 32 yoshli futbolchi hozircha hech narsaga imzo chekmagan, ammo kelishuvga og'zaki tarzda erishilgan.
Gyundoganga "Barselona" uch yillik shartnoma taklif qilgan. Futbolchining oylik maoshi kamayadi, lekin u uzoq muddatli shartnoma oladi.
Qayd etilishicha, Xavi transferda muhim rol o'ynagan. "Barselona" bosh murabbiyi Gyundogan bilan loyiha haqida gapirdi va uni "Kamp Nou"ga o'tishga rozi bo'lishga ko'ndirdi.
Gyundoganning «Barselona»ga o'tishi «Manchester Siti» va «Inter» o'rtasidagi Chempionlar ligasi finalidan so'ng e'lon qilinishi kutilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!