«Barselona» kurashdan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25446
Kataloniyaning “Barselona” klubi “Ayaks” futbolchisi Matteys de Ligt uchun kurashdan chiqdi. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, kataloniyaliklar futbolchining agenti Mino Rayola tufayli kurashdan chiqgan.
Mino Rayola mijozini xarid qilmoqchi bo'layotgan klublar uchun auktsion o'tkazmoqchi. Bu orqali u niderland yulduzini eng ko'p maosh to'lay oluvchi klubga o'tkazish niyatida. “Barselona” mazkur auktsionda ishtirok etmoqchi emas.
Eslatib o'tamiz, De Ligtga “Barsa”dan tashqari “Yuventus” va “Bavariya” ham qiziqish bildirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!