"Liverpul" Klopp boshqaruvidagi to'liq mavsumda ilk bor EChLga yo'llanma ololmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17

"Liverpul" Chempionlar ligasining keyingi mavsumini o'tkazib yuboradi.
Mersisayd klubi turnir jadvalida "Manchester Yunayted"ga etib olish va Premer-liganing kuchli 4-o'rniga kirish imkoniyatini yo'qotdi.
"Manchester Yunayted" bugun "Chelsi"ni mag'lub etdi (4:1) va 37 turda 72 ochko jamg'argan holda, Yurgen Klopp jamoasiga (66 ochko) etib olish imkonini qoldirmadi.
Nemis murabbiyi birinchi marta klubdagi to'liq mavsumida "Liverpul"ni Chempionlar ligasiga olib chiqa olmadi.
Klopp 2015/16 yilgi mavsumda "qizillar"ni qabul qilib oldi, o'shanda "Liverpul" APLda 8-o'rinni egallagandi.
O'shandan beri "Liverpul" ketma-ket olti mavsum Chempionlar ligasiga yo'l oldi.
Ushbu segmentda "qizillar" uch marta Chempionlar ligasi finaliga chiqdi va bir marta turnirda g'alaba qozondi.
Angliya sharafini kelasi mavsum Chempionlar ligasida “Manchester Siti”, “Arsenal”, “Nyukasl” va “Manchester Yunayted” jamoalari himoya qiladi.