Feliks "Chelsi" uchun 4-golini urdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17

Joau Feliks “Chelsi” safidagi to'rtinchi golini urdi.
London jamoasi yarim himoyachisi APLning 32-turidan o'rin olgan qoldirilgan o'yinda (1:4) "Manchester Yunayted" darvozasiga to'p kiritdi.
Bu Feliksning "Atletiko Madrid"dan qishki ijaraga olinganidan beri "Chelsi"dagi 19-o'yini bo'ldi. Portugaliyalik “ko'klar” safida 4 ta gol urdi.
Qishda “Chelsi”ga o'tgan yana bir futbolchi Mixail Mudrik “Yunayted” darvozasiga gol ura olmadi. U asosiy tarkibda maydonga tushdi va 64-daqiqada zaxiraga olindi.
Ukrainalik futbolchi "Chelsi" uchun 17 ta o'yinda ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!