Universiada-2019. Kamonchilarimiz shaxsiy mashqlarda finalga chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 594
Italiyaning Neapol shahrida bo'lib o'tayotgan yozgi Universiada o'yinlari kundan kunga qizg'in tus olmoqda.
Bugun universiadaning kamondan otish mashqlari bo'yicha bellashuvga strart berildi. Mazkur bellashuvda jami 63 nafar ishtirokchilar ishtirok etmoqda.
Yurtimiz sharafani erkaklar o'rtasidagi kamondan otish bahslarida Yunus Sarmambetov va Javlonbek Abdubakirov, ayollar o'rtasida esa Gulnozaxon Maxamadjonova hamda Gulmira O'rinboeva ximoya qilmoqda.
Erkaklar o'rtasidagi kamondan otish yakkalik mashqlarda Yunus Sarmambetov va Javlonbek Abdubakirov finalga chiqdi. Endi yigitlar ertaga olimpik raundida bahslashishadi. Jamoaviy mashqlarda esa ularga omad kulib boqmadi.
Ayollar o'rtasidagi kamondan otish shaxsiy va jamoaviy mashqlar davom etmoqda.