«Paxtakor» yoshlari Minskda «Dinamo»ni tor-mor etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 653
Minskda "Minsk Kubogi" xalqaro turnirida ishtirok etayotgan "Paxtakor-2005" bugun ikki uchrashuvda maydonga tushdi.
Kunning birinchi yarmida Farhod Nishonov shogirdlari Kievning "Dinamo" akademiyasidagi tengdoshlariga qarshi o'yin o'tkazishdi. Keskin kurashlar ostida kechgan bahs taqdirini Ravshan Abdumannonovning yagona goli hal qildi.
Ikkinchi bellashuv Minskda faoliyat yuritayotgan "Inter" akademiyasi vakillariga qarshi bo'lib o'tdi. O'yinda ajoyib harakat qilgan "sherlar" 8:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Gollarga Ziyod Hamzaev, Javohir Rahimjonov,
Sarvar Adhamov, Ulug'zod Erkinov, ikkitadan Muhammadali O'rinboev va Ulug'bek Kenjaev mualliflik qildi. Ertaga guruhdagi so'nggi bellashuv "Minsk" jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi.