Alves: "Messi hurmatsizlik qildi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 981
Braziliya terma jamoasi himoyachisi Dani Alves Argentina termasi sardori Lionel Messining Amerika Kubogi haqidagi tanqidlariga javob qaytardi.
"Hissiyatlar haqida ko'p gapirish mumkin, ammo men Messining gaplariga qo'shilmayman. Birinchidan, u barcha braziliyaliklarga nisbatan hurmatsizlik qildi. Ikkinchidan, o'z orzulariga erishish uchun ko'p narsalardan voz kechgan professionallarga hurmatsizlik ko'rsatdi. Do'stlar doim ham haq bo'laverishmaydi, shuning uchun ham ular do'stlardir", dedi Alves.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!