«Manchester Siti»ga ikki muhim g'alaba kerak
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31
«Manchester Siti»ga treblga erishish uchun yana ikkita g'alaba kerak.
Bugun «Arsenal» APLning 37-turi doirasida «Nottingem Forest»ga mag'lub bo'ldi (0:1). London jamoasi endi chempionlik uchun bahsda «Manchester Siti»dan o'zib ketish imkoniyatidan mahrum bo'ldi.
Agar joriy mavsum yakunida «shaharliklar» ikkita finalda g'alaba qozonsa, jamoa Pep Gvardiola qo'l ostida treblga erishadi.
Angliya kubogi uchun «Manchester Yunayted»ga qarshi bahs 3 iyun kuni bo'lib o'tadi. Shuningdek, «Inter»ga qarshi EChL finali ham kutib turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!