Parimatch Premer kubogi. TsSKA - «Rostov» 1:2. Shomurodov dublga erishdi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1505
Rossiyaning ba'zi jamoalari Avstriyada mavsumga tayyorgarlik jarayoni doirasida Parimatch Premer kubogi musobaqada ishtirok etishmoqda. Musobaqaning 3-turida "Rostov" klubi TsSKAga qarshi maydonga chiqib, 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
Rostovliklarning har ikkala goliga Eldor Shomurodov mualliflik qildi. Dastlab 10-daqiqada hamyurtimiz jamoasining chiroyli kombinatsiyasini samarali yakunladi. Bo'lim o'rtalarida Chalov hisobni tenglashtirgan bo'lsa, tanaffus arafasida Eldor yana bir aniq zarba bilan jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
Ushbu hisob o'yin oxirigacha o'zgarmadi.
Parimatch Premer kubogi
Pellau, Avstriya, 3-tur
TsSKA – Rostov – 1:2 (1:2)
Gollar: 0:1 – Shomurodov (10), 1:1 – Chalov (28), 1:2 – Shomurodov (44).
TsSKA: Akinfeev (Pomazun, 46), Magnusson (Tiknizyan, 74), Sharliya, Vasin (Chernov, 61), Fernandes, Axmetov, Oblyakov (Yanov, 84), Bistrovich (Maradishvili, 70), Biyol (N’Diay, 74), Nisimura (Sigurdsson, 56), Chalov.
«Rostov»: Pesyakov, Logashov (Kozlov, 60), Vilyush (Chistyakov, 46), Xadjikadunich (Mamin, 60), Chernov (Cherkes, 70), Saplinov (Bayramyan, 46), Normann (Gatskan, 46), Zuev (Glebov, 46), Popov (Veber, 69), Ionov (Osinov, 62), Shomurodov (Medved, 89).
Eldor Shomurodovning birinchi goli:
Eldor Shomurodovning ikkinchi goli: