Agar Pochettino "Chelsi"ni boshqarsa, Keyn "ko'klar" safiga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 44
"Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn "Chelsi"ga o'tishi mumkin. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, agar "Chelsi"ni argentinalik murabbiy Maurisio Pochettino boshqarsa, Keyn "ko'klar"ga o'tish variantini ko'rib chiqadi.
“Manchester Yunayted” ham Keynga qiziqish bildirmoqda, u angliyalik hujumchi uchun uning uchun taxminan 113 million evro taklif qilishga tayyor.“Tottenxem” rahbariyati o'z sardorini “qizil iblislar”ga sotmoqchi emas, biroq uning “Chelsi”ga tekinga ketishi mumkinligini tushunadi. Chunki, uning klub bilan amaldagi shartnomasi kelasi yili tugaydi.
29 yoshli Keyn joriy mavsumda “Tottenxem” safida 44 ta o'yinda 25 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!