"Bavariya" o'z futbolchisini sotishga qaror qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 75
Myunxenning "Bavariya" klubi yozgi transfer oynasida qanot yarim himoyachisi Serj Gnabrini sotish bo'yicha takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.
Bu haqda nufuzli insayder Florian Plettenberg xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "Bavariya" qanot yarim himoyachilaridan biri bilan xayrlashmoqchi va Gnabri bo'yicha takliflarni tinglashga tayyor. Futbolchining o'zi hali Myunxen klubidagi kelajagi borasida bir qarorga kelmagan, biroq u jamoadagi o'rnidan norozi ekani qayd etilgan. Hozircha boshqa klubga o'tish borasida aniq muzokaralar o'tkazilmagan.
27 yoshli Gnabri joriy mavsumda "Bavariya" safida barcha turnirlarda o'ynagan 42 o'yinda 12 gol va 11 golga assistentlik qilgan. Uning shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan.