Roys "Borussiya D" bilan yangi shartnoma imzolaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 36
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Marko Roys yaqin orada nemis klubi bilan shartnomasini uzaytiradi, deya xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano.
Eslatib o'tamiz, 33 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi shu yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan. Roys 11 mavsumdan buyon "asalarilar" sharafini himoya qilmoqda.
"Borussiya" tarkibida yarim himoyachi ikki marta Germaniya kubogini qo'lga kiritdi va uch marta mamlakat Superkubogi sohibiga aylandi.
Joriy mavsumda Roys “Borussiya Dortmund” safida 26 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt nemis futbolchisini 9 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!