Tuxel "Manchester Yunayted" tayanchini olib qo'ymoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 298
Yozgi transfer oynasida "Bavariya" o'z tarkibini kuchaytirishga harakat qiladi. Myunxen klubi "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kazemiroga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Goal Fussball Transfers nashriga tayanib.
Qayd etilishicha, mart oyi oxirida jamoani qabul qilib olgan “Bavariya” bosh murabbiyi Tomas Tuxel Kazemironing ashaddiy muxlisi hisoblanadi.
Kazemiro o'tgan yozda "Manchester Yunayted"ga o'tgandi. Kelasi yozda 31 yoshli braziliyalikning "Bavariya"ga o'tishi qiyin bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Transfermarkt portali ekspertlari braziliyalik futbolchini 50 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!