"Barselona" Kristensen va Dembele bilan tavakkal qilmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 64
"Barselona"ning ikki futbolchisi Ispaniya chempionatining navbatdagi turida "Betis"ga qarshi o'yinda maydonga qaytishi mumkin. Relevo xabariga ko'ra, markaziy himoyachi Andreas Kristensen va hujumchi Usmon Dembele jarohatlarini davolab, tarkibga qaytishga yaqin turibdi.
Biroq manbaning xabariga ko'ra, bu futbolchilar uchrashuvni asosiy tarkibda boshlamaydi. Murabbiylar shtabi futbolchilarning sog'lig'ini xavf ostiga qo'ymoqchi emas, shuning uchun Kristensen va Dembele bosqichma-bosqich asosiy tarkibga qaytariladi.
Kristensen o'tgan yozda "Chelsi"dan "Barselona"ga tekinga o'tgan edi. Dembele joriy mavsum boshlanishidan oldin klub bilan yangi shartnoma imzoladi, biroq bu shartnoma keyingi mavsum oxirida tugaydi.