Ikrom Aliboev ketma-ket ikkinchi o'yinda super gol urdi (VIDEO)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 513
Janubiy Koreya chempionatining 18 turida Ikromjon Aliboev harakat qilayotgan “Seul” klubi o'z maydonida peshqadamlardan biri “Ulsan Hyundai” jamoasini qabul qildi. Mazkur bahsda jamoalr durangga imzo chekishdi.
Uchrashuvda hisob mehmonlar tomonidan ochildi. Ilk bo'limning so'nggi daqiqalarida Aliboev chiroyli zarbasi bilan hisobni tenglashtirdi.
Mazkur goldan 4 daqiqa o'tib, “Seul” oldinga chiqib oldi. Ammo o'yinning 90+7 daqiqada esa Kim Bo-Gen o'rtadagi farqni tikladi va uchrashuv 2:2 natijasi bilan yakunlandi.
Eslatib o'tamiz, 25 yoshli yarim himoyachisi o'tgan turda ham super gol urishga muvaffaq bo'lgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!