Poytaxtimizda «Yoshlar kuni» munosabati bilan ommaviy sport musobaqalari tashkil qilinmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 588
Bugun butun Respublikamiz bo'ylab «Yoshlar kuni» keng nishonlanmoqda. Joylarda aholini, ayniqsa, yoshlarni sportga yanada keng jalb etish maqsadida turli sport musobaqalari tashkil etilyapti.
Shulardan biri poytaxtimizda o'tkazilib, unda 1000 nafardan ortiq yoshlar kross yugurish bo'yicha bahs olib borishdi. 5.5 kilometr masofani tashkil etgan mazkur musobaqa Toshkent shahar hokimligi va shahar Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan o'tkazildi. Unda yigitlar o'rtasida Baxtiyor O'tkirov, qizlar o'rtasida esa Durdona Safarova marra chizig'ini birinchi bo'lib kesib o'tdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!