O'zbekiston va Osiyo zamonaviy beshkurash federatsiyalari o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2159
Ayni kunlarda Yaponiya poytaxti Tokio shahrida zamonaviy beshkurash bo'yicha Jahon kubogining final bosqichi bo'lib o'tmoqda. E'tiborlisi, musobaqaga tashrif buyurgan O'zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi (O'ZBF) raisi Bahromjon Gaziev ushbu sport turini yurtimizda yanada rivojlantirish bo'yicha yana bir yangi qadam tashladi.
B.Gaziev musobaqa doirasida Osiyo zamonaviy beshkurash federatsiyasi raisi Sangvu Park bilan uchrashib, ushbu sport turini yurtimizda yanada rivojlantirish borasida memorandum imzoladi.
Mazkur jarayonda Yaponiya zamonaviy beshkurash federatsiyasi rahbariyati ham ishtirok etib, memorandum imzolanganidan so'ng tomonlar sportning qit'amizdagi rivoji bo'yicha suhbat olib borishdi.
Suhbatda ushbu sport turi bo'yicha Evropa sportchilariga yanada kuchli raqobat tug'dira oladigan Osiyo vakillarini tayyorlash, terma jamoalar o'rtasida hamkorlikdagi o'quv-mashg'ulot yiinlarini olib borish borasida og'zaki kelishuvlarga erishildi.