So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Para-atletlarimiz Tunis Gran-prisining birinchi kunidayoq ettita medal olishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 421
Shu kunlarda Tunis shahrida para-atletika bo'yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi musobaqa bo'lib o'tmoqda. Turnirning birinchi kunidayoq O'zbekiston terma jamoasi o'zining ajoyib natijasi bilan barchaning e'tiborini tortdi. Terma jamoamiz vakillari ilk kunda 4 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallarini jamg'arishdi. Shohsupaga ko'tarilgan paralimpiyachilarimiz tarkibi quyidagicha:
Oltin:
Doniyor Axmedov – 100 va 200 metrga yugirish
Mohigul Hamdamova – disk uloqtirish
Omad Hasanov – balandlikka sakrash
Kumush:
Ma'ruf Murodullaev – 1500 metrga yugirish
Mohigul Hamdamova – yadro uloqtirish
Bronza:
Shahnoza Adhamova – uzunlikka sakrash
Ma'lumot uchun, Tunis Gran-prisida dunyoning 50 ga yaqin mamlakatidan tashrif buyurgan 300 nafardan ortiq para-atletlar bahs olib borishmoqda. Musobaqa bugun yakuniga etadi.