Luchesku: "Roma" - Evropa Ligasi g'olibligi uchun asosiy nomzod"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29
Kievning "Dinamo" klubi bosh murabbiyi Mircha Luchesku Evropa ligasi favoriti kim ekanligi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Roma" uchun yaxshi imkoniyatlar ko'ryapman. Yillar davomida Mourino yanada muvozanatli bo'ldi, ammo uning jamoalari aql bovar qilmaydigan o'yin ko'rsatishmoqda.
"Roma"ning "Feyenoord" bilan qarama-qarshilikda o'yinni qanday o'zgartirgani o'z-o'zidan dalolat beradi ("Roma" safarda "Feyenoord"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi, o'z maydonida 4:1 hisobida yutdi - muallif).
"Yuventus" yarim finalga chiqqan bo'lsa ham, "Roma"ni favorit deb bilaman" - dedi Luchesku La Gazzetta dello Sport nashriga bergan izohida.
"Roma" LE 1/2 finalida "Bayer" bilan, "Yuventus" esa "Sevilya" bilan o'ynaydi.