Xavi: "Grizmann ajoyib formada"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 40
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes joriy mavsum Ispaniya chempionatida 11 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan "Atletiko Madrid" hujumchisi Antuan Grizmanning hozirgi formasini yuqori baholadi.
"Grizmann ajoyib formada. U "Atletiko Madrid" uchun juda muhim futbolchi. U bu jamoada qulaydek ko'rinadi. Ertangi o'yinda Antuan bilan juda ehtiyot bo'lishimiz kerak", - dedi Xavi matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, Grizmann 2019 yildan 2021 yilgacha "Barselona" sharafini himoya qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!