O'zbekiston termasining sobiq o'yinchisi rus klubini boshqaradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 957
Rossiyaning "Anji" klubi sobiq bosh murabbiyi Gadji Gadjiev yangi "Maxachqal'a" klubi prezidenti etib tayinlanishini ma'lum qildi.
Dog'iston klubining bosh murabbiyi "Anji"ning sobiq o'yinchisi Ruslan Agalarov tayinlanadi.
"Men yangi "Maxachqal'a" klubi prezidenti bo'laman. Bu klub g'oyasi "Anji" Rossiya premer-ligasida o'ynagan chog'idayoq tug'ilgan. Yangi jamoa tuzish kerak edi, chunki dog'iston futbolida bitiruvchilar ko'p, "Anji"da esa hamma o'ynab ketavermaydi.
Murabbiy Ruslan Agalarov bo'ladi, u "Anji" o'rinbosarlari bilan yaxshi ishlagan, - deydi Gadjiev.
Ruslan Agalarov 1974 yilda tug'ilgan, Rossiya fuqarosi, deyarli butun faoliyatini dog'istonning "Anji" klubida o'tkazgan. 2001 yilda O'zbekiston terma jamoasi safiga "yordam"ga chaqirilgan va milliy jamoamiz safida bir o'yin o'tkazgan. "Anji" Agalarovni faqat bir o'yinga - JCh-2002 saralashida BAAga qarshi o'yinga qo'yib yuborgan.