Krespo: ""Ronaldo bizning avlodimizda birinchi raqamli edi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 51
Ernan Krespo Ronaldoni o'z avlodining eng yaxshi futbolchisi deb ta'rifladi.
"Ronaldo bizning avlodimizda birinchi raqamli edi. Shubhasiz. Biz uchun Ronaldo haqiqiy "Fenomen" edi.
Hammamiz o'zimizni eng yaxshi ko'rsatishga intilayotgan futbolchilar edik va u maydonda boshqalar qila olmaydigan narsaga qodir edi.
Uning o'yinini tomosha qilish yoqimli edi, chunki engillik va sehrga ega edi.
Biz odamlar "A, B, C" ni yasamoqchi bo'lganimizda, u allaqachon butun alifboga ega edi. Men uchun Ronaldoning o'rniga "Inter"ga o'tish juda qiyin bo'ldi", - dedi Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!