Mane Sanega qo'l ko'targan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 56
Sadio Mane “Manchester Siti”ga mag'lub bo'lgach, Leroy Sanega musht tushirdi.
"Bavariya" Chempionlar ligasi 1/4 finalining birinchi o'yinida ingliz klubiga yutqazdi (0:3).
Bild xabariga ko'ra, Mane o'yindan so'ng kiyinish xonasida Leroy Sanening yuziga musht tushirgan. Sadio myunxenlik jamoadoshining labini yorgan.
O'yin davomida maydonda futbolchilar o'rtasida kelishmovchiliklar boshlandi, 83-daqiqada ularning bahsi o'yin epizodlaridan biridan so'ng translyatsiyaga tushib qolgan, shundan so'ng kiyinish xonasida mojaro barham topmadi.
Klub hozircha bu hodisaga rasman izoh bermadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!